"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik yaqinda "Manchester Siti"ga qarshi derbida Erling Xolandning bahsli goli bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. "Qizil iblislar" o‘sha uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Hakamlar qo‘mitasi keyinchalik Xolandning goli qoidaga zid tarzda urilganini tan oldi va o‘tgan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsdan so‘ng "Manchester Yunayted"dan rasman uzr so‘radi.
"Uzr ko‘p narsani o‘zgartirmaydi, lekin men uni qabul qilaman. Ular ochiqchasiga: "Biz xato qildik", deb tan oldi. Ha, bunday holatlar bo‘lib turadi. Endi oldinga harakat qilish va buni qabul qilish kerak, garchi bu xato bizga juda qimmatga tushgan bo‘lsa ham", — dedi Karrik matbuot anjumanida.
Bugun "Manchester Yunayted" safarda "Fulxem"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













