Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Koul: "Tottenxem" APLda jon saqlash uchun kurashishi mumkin"

Koul: "Tottenxem" APLda jon saqlash uchun kurashishi mumkin"

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul "Tottenxem"ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Roberto De Dzerbi jamoasi APLning 5-turida "Aston Villa"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Ular yozda xarid qilgan har bir futbolchi uchun ortiqcha pul to‘lashdi. "Tottenxem" Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashga qo‘shilib ketishini ham istisno qilib bo‘lmaydi. Jamoa gol ura olmayapti va himoyada juda zaif ko‘rinyapti", — dedi Koul TNT Sports efirida.

Shuningdek, u Nikolas Jeksonning goli bilan bog‘liq vaziyatda himoyachi van Xekkening harakatlarini ham tanqid qildi.

"Van Xekke gol urdi, ammo o‘z o‘yinidan norozi bo‘lishi kerak. "Tottenxem"ning o‘yin uslubi markaziy himoyachilarni xavfli vaziyatlarda qoldirishini bilaman. Ammo aynan shuning uchun ham yakkama-yakka vaziyatlarda ishonchli harakat qila oladigan himoyachilar xarid qilinadi", — dedi Koul.

"Tottenxem" hisobida 2 ochko bor. Jamoa APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 10:34, 20.09.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик