O‘zbekiston U-15 terma jamoasi 22–31 oktyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati va FIFA festivalida ishtirok etadi.
Musobaqaning guruh bosqichida yosh futbolchilarimiz Gana, Bagama orollari, Qozog‘iston, Guam va Myanma terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston U-15 terma jamoasi dastlabki uchrashuvini 24 oktyabr kuni Ganaga qarshi o‘tkazadi. 25 oktyabr kuni jamoamizni ikki bahs kutib turibdi — avval Bagama orollari, so‘ng Qozog‘iston bilan o‘ynaydi.
26 oktyabr kuni esa O‘zbekiston Guam va Myanma terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston U-15 terma jamoasining o‘yinlari:
24 oktyabr
Gana — O‘zbekiston
25 oktyabr
Bagama orollari — O‘zbekiston
O‘zbekiston — Qozog‘iston
26 oktyabr
O‘zbekiston — Guam
Myanma — O‘zbekiston
Ma’lumot uchun, 191 ta terma jamoa ishtirok etadigan mazkur festival Ozarbayjonda tashkil etiladi. Uchrashuvlar 8x8 formatida o‘tkazilib, har bir bahs 20 daqiqadan iborat ikki bo‘limdan tashkil topadi.













