"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub va braziliyalik vinger Rafinya Dias o‘rtasida yangi shartnoma borasida olib borilayotgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.
"Rafinya juda yuqori darajadagi futbolchi. U — top o‘yinchi. Yangi shartnoma? Bu klub rahbariyati qabul qilgan eng yaxshi qaror", — deya nemis mutaxassisi so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.
Kutilishicha, 29 yoshli braziliyalik futbolchining yangi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallanadi.
Rafinya 2022 yil yozidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.













