Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Superliga. "Surxon" — "Qo‘qon-1912". O‘zaro uchrashuvlar statistikasi

Superliga. "Surxon" — "Qo‘qon-1912". O‘zaro uchrashuvlar statistikasi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Bugungi bahslardan birida "Surxon" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Uchrashuv 20 sentyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi. Bellashuvga "Bobur arena" mezbonlik qiladi.

Jamoalar shu paytgacha barcha musobaqalar doirasida 27 marta to‘qnash kelgan. Natijalar deyarli teng: "Surxon" 13 ta, "Qo‘qon-1912" esa 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Yana 2 ta bahs durang bilan yakunlangan.

O‘zaro uchrashuvlarda gollar soni ham mutlaq teng — har ikki jamoa raqib darvozasini 41 martadan ishg‘ol qilgan.

"Surxon"ning mazkur raqib ustidan qayd etgan eng yirik g‘alabasi 5:0 hisobini tashkil etsa, "Qo‘qon-1912"ning eng yirik g‘alabasi 4:1 bo‘lgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:45, 20.09.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик