«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoaning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska haqida fikr bildirdi.
«Mareska jamoada ajoyib muhit yaratdi, u tafsilotlarga katta e’tibor qaratadi. Yangi futbolchilar o‘zlarini xuddi uydagidek his qilishmoqda. U bilan ishlash qulay. Enso g‘ayratga to‘la va har bir futbolchiga o‘z salohiyatini namoyon etishiga yordam beradi. Bunday mutaxassis bilan ishlash menga yoqadi», — deya italiyalik darvozabonning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.
46 yoshli murabbiy o‘tgan yozda «Manchester Siti» boshqaruviga kelib, ispaniyalik Xosep Gvardiolaning o‘rnini egallagan. Mareska 3 yillik mehnat shartnomasini imzolagan.













