Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gross: "Brayton"dagi hayot menga juda yoqadi"

Gross: "Brayton"dagi hayot menga juda yoqadi"

Baho:
+ | -

«Brayton» yarim himoyachisi Paskal Gross APL 5-turida «Arsenal» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Biz yuqori intensivlikda o‘ynadik, raqibning xatolarini kutdik va ulardan unumli foydalandik.

Bu kuchli va juda mukammal o‘yin bo‘ldi. To‘pni yuqoridayoq qaytarib olib, tezkor hujumlarga o‘tdik. So‘nggi ikki g‘alabadan keyin o‘zimizga ishonchimiz yanada oshgandi va terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffus oldidan turnirdagi ishtirokimizni kuchli natija bilan yakunlashni istagandik.

O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Shikoyat qiladigan joyim yo‘q. Qo‘limdan kelganicha jamoaga yordam berishga harakat qilaman. «Brayton»dagi hayot menga juda yoqadi", — dedi Gross.

Kiritildi: 16:18, 20.09.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик