«Milan» va «Lechche» o‘rtasidagi Italiya chempionati bahsida Federiko La Penna bosh hakam sifatida ishlaydi.
Rimlik referi faoliyati davomida «Milan» ishtirokidagi 9 ta uchrashuvni boshqargan bo‘lib, bu bahslarda jamoa 4 ta g‘alaba, 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. «Lechche» esa La Penna hakamlik qilgan 7 ta o‘yinda 3 marta g‘alaba qozongan, 2 marta durang o‘ynagan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan.
Qizig‘i, La Penna «Milan»ning «San-Siro»dagi 3 ta o‘yinida bosh hakam bo‘lgan va «rossonerilar» bu uchrashuvlarning birortasida mag‘lubiyatga uchramagan — 2 g‘alaba va 1 durang.













