«Real»ning sobiq braziliyalik futbolchisi Rodrigo Fabri Endrikka, agar yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, jamoasini almashtirishni maslahat berdi.
Fabri 1998 yilda «Real» bilan besh yillik shartnoma imzolagan, ammo klub safida birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.
«Ko‘rib turibmanki, u deyarli o‘ynamayapti. Endrik juda yosh, Braziliya terma jamoasining kelajakdagi asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda va katta iqtidorga ega. Agar unga hozirgidek kam imkoniyat berilsa, men unga ko‘proq o‘ynay oladigan va futbolchi sifatida rivojlanadigan boshqa klubga o‘tishni maslahat bergan bo‘lardim», — deya Fabri so‘zlarini Mundo Deportivo keltirmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Endrik Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Joriy mavsumda braziliyalik hujumchi La Ligada atigi birta o‘yinda maydonga tushdi.













