Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Sroppa: "Jadvaldagi o‘rnimiz jamoa ko‘rsatayotgan o‘yinni aks ettirmayapti"

Sroppa: "Jadvaldagi o‘rnimiz jamoa ko‘rsatayotgan o‘yinni aks ettirmayapti"

Baho:
+ | -

«Venesiya» bosh murabbiyi Jovanni Stroppa jamoasining «Lasio»ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, chempionatdagi natijalar jamoaning amaldagi o‘yinini to‘liq aks ettirmayapti.

"Jadvaldagi o‘rnimiz jamoa ko‘rsatayotgan o‘yinni aks ettirmayapti. Statistikaga qarashning o‘zi kifoya: biz nishonga oltita aniq zarba berdik, «Lasio»da esa ikkita shunday zarba bo‘ldi. Shunga qaramay, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi, futbolchilar rejani a’lo darajada bajarishdi.

Penalti uchrashuv taqdirini o‘zgartirishi mumkin edi, ammo undan foydalana olmadik. «Lasio» esa o‘z penaltisini golga aylantirdi. Shunga qaramay, jamoa ishonchini yo‘qotmadi, o‘yin nazoratini ham boy bermadi. Ammo baribir 0:2 hisobida yutqazdik.

Biz yaratgan imkoniyatlarni hisobga olsak, chempionatdagi o‘rnimiz butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Muammo imkoniyat yarata olmayotganimizda emas. Eng muhimi, ulardan foydalanishimiz kerak", — dedi Stroppa Sky Sport Italia nashriga.

 

Kiritildi: 17:28, 20.09.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик