"Napoli" Italiya chempionatida navbatdagi bor g‘alaba qozona olmadi.
Neapolliklar A Seriyaning 5-turida "Fiorentina" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Massimiliano Allegri jamoasi barcha musobaqalar doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozondi. Shuningdek, "Napoli" bir marta durang qayd etdi va uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffusdan so‘ng "Napoli" 10 oktyabr kuni Italiya chempionati 6-turida o‘z maydonida "Frozinone"ni qabul qiladi.














