Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Superliga. "Neftchi" "Lokomotiv"ni yengib, peshqadamlikni qaytarib oldi

Superliga. "Neftchi" "Lokomotiv"ni yengib, peshqadamlikni qaytarib oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" — "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o‘tgan bahsda farg‘onaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol ikkinchi bo‘limda urildi. 62-daqiqada Zoran Marushich raqib darvozasini ishg‘ol qilib, "Neftchi"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda "Lokomotiv" hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo farg‘onaliklar minimal ustunlikni uchrashuv yakuniga qadar saqlab qoldi.

Shu tariqa, "Neftchi" muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 51 taga yetkazdi va Superliga turnir jadvalida yana peshqadamlikni qo‘lga oldi. "Paxtakor" 49 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.

Superliga, 22-tur

"Lokomotiv" — "Neftchi" — 0:1

Gol: Zoran Marushich, 62 — 0:1.

Ogohlantirishlar: Ratinyo, 31; Anvarjon G‘ofurov, 59; Quvonchbek Abrayev, 80.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:33, 20.09.2026.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик