«Liverpul» sardori Virjil van Deyk Angliya chempionatining 5-turidagi g‘alabadan so‘ng jamoadoshlarini shoshilmaslikka chaqirdi. Uchrashuvda «Liverpul» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Biz uchun gol urish, jumladan, Isak uchun ham juda muhim. Yaxshi g‘alabaga erishdik, o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Endi xalqaro tanaffusga chiqamiz, keyin esa bizni juda sermashaqqat davr kutmoqda», — deya futbolchining so‘zlarini BBC keltiradi.
«Umid qilamanki, bu jamoa juda yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Xotirjamlikni saqlab, ishlashda davom etishimiz va oldindan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Bu qiyin maydonda qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba bo‘ldi. Aslida, ancha yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi», — dedi van Deyk.













