«Real» joriy mavsumda La Liga chempioni bo‘lish uchun klub tarixidagi noyob natijani yana takrorlashiga to‘g‘ri keladi.
7-turda «Atletiko»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan Joze Mourinyo shogirdlari turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Barselona»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Madridliklar tarixida faqat bir marta «Barselona»dan shuncha miqdordagi ochkoga ortda qolgan holda chempionlikka erishgan.
2006/07 yilgi mavsumda «Real» 24-turga kelib kataloniyaliklardan 6 ochko ortda edi — 43ga 49. Biroq mavsum yakunida har ikki jamoa 76 ochkodan to‘pladi va o‘zaro uchrashuvlardagi natijalar hisobiga «Real» chempionlikni qo‘lga kiritdi.













