Yan Diomande «Real» safidagi 8 ta o‘yindan so‘ng hali gol urmadi va faqat bir marta golli uzatma amalga oshirdi.
19 yoshli vinger La Liganing 7-turida «Atletiko»ga qarshi kechgan uchrashuvning 54-daqiqasida maydonga tushdi. «Real» 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bahsda Diomande natijali harakat qayd etmadi.
U avvalgi «Elche»ga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alabali o‘yinda esa Kilian Mbappega golli uzatma bergan edi. Bu hozircha yozda «Leypsig»dan 125+15 million yevro evaziga xarid qilingan futbolchining «Real»dagi yagona samarali harakati bo‘lib turibdi.













