Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Atletiko»ga qarshi derbidagi hakamlikdan ochiqchasiga norozi bo‘ldi.
Epizodlardan birida «matraschilar» hujumchisi Li Kan In Federiko Valverdening oyog‘iga qattiq zarba berdi, «qaymoqranglilar» fikricha, buning uchun u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olishi kerak edi. Hakamlar qarorlarini tahlil qiluvchi nufuzli Archivo VAR akkaunti ham shunday fikrda: ekspertlar xulosasiga ko‘ra, referi ushbu epizodda janubiy koreyalik futbolchini maydondan chetlatmay xatoga yo‘l qo‘ygan.
Derbi yakunlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, Kurtua ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tahlil joylashtirilgan postni bo‘lishdi va «layk» bosdi, shu orqali «Real»ning noroziligini qo‘llab-quvvatladi. Ma’lumot uchun, mehmonlar Din Xyoysen chetlatilgani sababli 50-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi. «Atletiko» ko‘pchilikda ikkita gol urib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi (2:1).













