Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Spalletti «Atalanta»ga qarshi o‘yin yakunlarini sarhisob qildi

Spalletti «Atalanta»ga qarshi o‘yin yakunlarini sarhisob qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Atalanta» ustidan qozonilgan g‘alabani sharhladi. A Seriyaning beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

«Bugun ba’zi paytlarda himoyalanishimizga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi bo‘limda tengma-teng o‘ynadik, ko‘proq muammo tug‘dirishimiz mumkin edi, chunki bizda bo‘sh joylar bor edi. Ammo futbol shu. «Sassuolo»dan uchralgan mag‘lubiyat biz uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirdi va shubhalarni paydo qildi», — dedi Spalletti Sky Sport Italia efirida.

Murabbiy shuningdek, bu yozda «Yuventus»ga qaytgan va hozircha A Seriyada birorta ham gol urmagan Randal Kolo-Muanining o‘yiniga baho berdi.

«U haqiqatan ham yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmaganida xafa bo‘ldim, u gol urishga munosib edi. Ammo yakunda Kolo-Muani baribir juda xursand edi, biz bu haqda hazillashdik».

«Yuventus» 10 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 04:02, 21.09.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик