«Milan» Seriya A doirasidagi «Lechche»ga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Milan» hujumchisi Kristian Pushilich hisobni ochib, o‘z golsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Bu amerikalik futbolchi uchun 2026 yilda «rossoneri» safida urilgan ilk gol bo‘ldi.
Pulishich 2025 yilning 28 dekabrida Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa «Verona»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan uchrashuvdan beri «Milan» tarkibida barcha turnirlarda gol ura olmayotgan edi. 2026 yilda u AQSH terma jamoasi safida Senegalga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.
Bo‘lib o‘tgan o‘yindagi golli epizodda Pulishich Pavlovichning uzun uzatmasini qabul qilib oldi, raqib darvozaboni Falkone bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va keyingi teginishda to‘pni pastki burchakka joylab qo‘ydi.













