Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Niderlandiya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

Niderlandiya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchradi

Baho:
+ | -

"Roma" va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Doniell Malen jarohat sabab milliy jamoaning Millatlar ligasidagi yaqin uchrashuvlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi ma’lum qildi.

27 yoshli futbolchining aynan qanday jarohat olgani ochiqlanmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Malen terma jamoa tarkibidan chiqarilgan.

Shuningdek, yarim himoyachi Jastin Klyuyvert ham jarohat sabab ushbu o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Malen va Klyuyvert o‘rniga Gus Til hamda Meks Merdink terma jamoaga chaqirildi.

Malen joriy mavsumda "Roma" safida A Seriyaning 5 ta o‘yinida 6 ta gol urdi. Shuningdek, Chempionlar ligasidagi yagona uchrashuvida 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning Niderlandiya terma jamoasidagi statistikasi 56 ta o‘yinda 13 ta golni tashkil etadi. Malen milliy jamoadagi debyutini 2019 yil sentyabr oyida o‘tkazgan.

24 sentyabr kuni Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasi "A" guruhi 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 10:13, 21.09.2026.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик