Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» Ngumoa bilan muzokaralarni tezlashtirdi

«Liverpul» Ngumoa bilan muzokaralarni tezlashtirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» rahbariyati 18 yoshli vinger Rio Ngumoa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga qaror qildi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishni bartaraf etmoqchi. «Arsenal» yosh iqtidorga yetarlicha o‘yin amaliyoti kafolatini berib, uni o‘z safiga og‘dirib olishi mumkin deb hisoblamoqda.

Biroq «Liverpul» Ngumoani qo‘yib yubormoqchi emas va u bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash niyatida.

Avvalroq Ngumoa UYEFA Millatlar ligasining navbatdagi o‘yinlari uchun ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan edi.

Joriy mavsumda vinger barcha musobaqalar hisobida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Kiritildi: 11:53, 21.09.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик