Moskva «Spartak»ining sobiq futbolchisi, hozirda televideniyeda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor Joze Mourinyuning Madridning «Real» klubidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
«Mourinyuni jamoaning asosiy yulduziga aylanishi uchun olishgan, ammo u Vinisiusni zaxiraga o‘tqaza olmayapti. Agar murabbiy jamoa manfaati uchun kerakli qarorni qabul qila olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, «Atletiko»ga qarshi bo‘lgani kabi o‘yinlar takrorlanadi», — dedi Mor «Match TV» telekanali efirida.
So‘nggi uchrashuvda «Real» safarda Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushdi. Mourinyu shogirdlari prinsipial raqibiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Himoyachi Din Xyoysen maydondan chetlatilgani sabab «Real» ikkinchi bo‘limning deyarli barchasini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.













