O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 6-tur ramziy jamoasidan joy oldi.
SofaScore talqiniga ko‘ra, "Istanbul Bashakshehir" forvardi turdagi o‘yini uchun 9,1 ballga munosib ko‘rilgan va eng yaxshi futbolchilar qatoriga kiritilgan.
Shomurodov "Genchlerbirligi"ga qarshi uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga salmoqli hissa qo‘shgan edi.
SofaScore tuzgan 6-tur ramziy jamoasida Eldor hujum chizig‘idan o‘rin olgan. Shuningdek, ramziy tarkibdan Muhammad Saloh, Meyson Grinvud va boshqa futbolchilar ham joy oldi.














