Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Safonov «PSJ» tarkibida eng past bahoni oldi

Safonov «PSJ» tarkibida eng past bahoni oldi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 5-turining safar uchrashuvida «PSJ» «Marsel»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar asosiy tarkibida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov maydonga tushdi.

27 yoshli golkiper o‘z o‘yini uchun 6,4 ball baho oldi. Sofascore ma’lumotiga ko‘ra, bu «PSJ»ning asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilar orasidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

Joriy mavsumda Safonov Fransiya chempionatida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan. U faqat bitta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kechagi g‘alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari 8 ochko jamg‘arib, Liga 1 turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:27, 21.09.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик