Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay Braziliyada og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Yaqinda u Argentinaning «Estudiantes» klubi muxlislariga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib, mojaro markazida qolgan edi.
Javob uchrashuvida esa Depay penaltidan foydalana olmadi va shundan so‘ng uning klubi Kubok Libertadores musobaqasini tark etdi. Bu voqealardan keyin futbolchi muxlislardan uzr so‘radi.
«Yuragim parchalanmoqda. Men barcha tanqidlarni tushunaman va qabul qilaman. Ammo jamoadoshlarim va muxlislar bilan birga bu klubning yanada buyuk tarixini yaratishdan hech qachon to‘xtamayman. Uni o‘zi munosib bo‘lgan joyga qaytarish uchun kurashishda davom etaman.
Kubok Libertadoresda g‘alaba qozonish haqidagi orzumizga ishongan barcha muxlislar va ko‘plab insonlardan uzr so‘ramoqchiman», — deya Depayning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Depay 2024 yildan beri Braziliyada to‘p tepmoqda.













