Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Barselona» Mourinyoning «Real» bilan o‘rnatgan rekordini yangilashi mumkin

«Barselona» Mourinyoning «Real» bilan o‘rnatgan rekordini yangilashi mumkin

Baho:
+1 | -

Joze Mourinyu so‘nggi yillarda haddan tashqari himoyaviy futbol uchun ko‘p tanqid qilindi. Portugaliyalik mutaxassisning o‘yin uslubini hatto «avtobus» deb ham atashgan. Biroq Mourinyuning o‘zi bir necha bor o‘yin uslubi ixtiyordagi futbolchilarning imkoniyatlariga qarab shakllanishini ta’kidlagan.

Shunday tanqidlar fonida ayrimlar aynan Joze Mourinyu boshqaruvidagi «Real» La Liga tarixidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazganini unutib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.

Gap 2011/12 yilgi mavsum haqida ketmoqda. O‘shanda «Real» Mourinyu boshchiligida 100 ochko jamg‘arib, 121 ta gol urgan. La Ligadagi ushbu sermahsullik rekordi hanuzgacha saqlanib turibdi.

Krishtianu Ronaldu, Gonsalo Iguain, Karim Benzema, Mesut O‘zil, Anxel Di Mariya va Kaka kabi futbolchilar to‘p tepgan «Real» 38 ta o‘yinda 121 ta gol urgan. Bu har bir uchrashuvga o‘rtacha 3,18 tadan gol degani.

Endi esa 15 yildan keyin Mourinyuning o‘sha «Real»i o‘rnatgan rekord yangilanishi mumkin.

Xans-Diter Flik boshqarayotgan «Barselona» chempionatni juda kuchli boshladi va dastlabki 7 turda 31 ta gol urdi. «Ko‘k-anorranglilar» har bir uchrashuvda o‘rtacha 4,43 tadan gol urmoqda.

Bu esa «Barselona»ning La Liga tarixida yangi sermahsullik rekordini o‘rnatish uchun jiddiy da’vogar ekanini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 12:38, 21.09.2026.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик