«Pachuka» hujumchisi Xose Salomon Rondon Meksika chempionati doirasida «Tixuana»ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etdi.
37 yoshli venesuelalik futbolchi shu tariqa o‘zining golli seriyasini 4 ta o‘yinga yetkazdi.
Joriy turnirda Rondon 9 ta uchrashuvda 10 ta gol urgan. «Zenit», SSKA va «Rubin»ning sobiq futbolchisi to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchilaridan 5 ta golga oldinda bormoqda.













