Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Angliya terma jamoasida Palmerning o‘rniga nomzod tanladi

Tuxel Angliya terma jamoasida Palmerning o‘rniga nomzod tanladi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Angliya terma jamoasidan chaqiruv oladi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn ma’lum qildi.

Avvalroq Palmer milliy terma jamoa chaqiruvidan voz kechmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Palmerning o‘rniga Gibbs-Uaytni chaqirmoqchi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi Premyer-liganing beshta o‘yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Xalqaro tanaffus vaqtida Angliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi doirasida to‘rtta o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:39, 21.09.2026.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик