«Komo» darvozaboni Jan Butez 1976 yilning aprel oyidan beri Fransiya terma jamoasidan ilk bor chaqiruv olgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Bu voqea u 31 yosh va uch oylik bo‘lganida yuz berdi.
50 yil muqaddam himoyachi Jerar Farison milliy jamoada 32 yosh va bir oyligida debyut qilgan edi.
Londonning «Arsenal», «Barselona», «Chelsi», «Monako» hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas bosh murabbiylik qilayotgan Italiyaning «Komo» klubida to‘p suradigan Butez fransuzdar tarkibida jismoniy holati ko‘ngildagidek bo‘lmagan «Lans» vakili Robin Rissening o‘rnini egallaydi.













