Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Kunya: «Biz gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin hamisha yaxshiroq o‘ynaymiz, ammo bunday bo‘lishi kerak emas»

Kunya: «Biz gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin hamisha yaxshiroq o‘ynaymiz, ammo bunday bo‘lishi kerak emas»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» APLning mehmondagi o‘yinida «Fulxem» bilan durang o‘ynadi (1:1). Lisandro Martinesning avtogoli 63-daqiqada «dachniklar»ni oldinga olib chiqdi, ammo Mateus Kunya 89-daqiqada «qizil iblislar»ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

«Biz gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin hamisha yaxshiroq o‘ynaymiz, ammo bunday bo‘lishi kerak emas. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz vaziyatlar yarata boshladik, ammo bitta hujumda gol o‘tkazib yubordik va faqat o‘yin oxirida hisobni tenglashtirdik».

Braziliyalik futbolchi, shuningdek, jamoa o‘yinini yaxshilashi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

«Ko‘proq gol urish uchun ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz kerak. Ushbu mavsumda biz biroz o‘sishga erishishimiz lozim, chunki klub uchun ajoyib bir narsani amalga oshirishga qodirmiz».

«Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:54, 21.09.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик