Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Amorim: «Odamlar ahmoq emas va haqiqatga dosh bera olishadi»

Amorim: «Odamlar ahmoq emas va haqiqatga dosh bera olishadi»

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot bilan ochiqcha va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uslubi klub uchun muammolar tug‘dirishi mumkinligini tan oldi. Portugaliyalik mutaxassis bunday yondoshuvning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini anglab turganini ta’kidladi.

«Ba’zida bu yaxshi, o‘ylashimcha, biz rivojlanishimiz kerak, chunki odamlar ahmoq emas, ular haqiqatga dosh bera olishadi, ammo ba’zida o‘zingni g‘alati yoki noqulay ahvolga solib qo‘yishing ham mumkin. shuning uchun nima berayotganing va nima olayotganingni hisobga olishing hamda vaziyatga moslashishing kerak».

Amorim, shuningdek, omadsiz natijalar seriyasidan so‘ng «Milan»ga bo‘layotgan va tobora ortib borayotgan bosim haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Bosim — bu normal holat. Agar sen bu darajaga yetib kelgan bo‘lsang, demak, faoliyatingda bundan ham katta bosim bo‘lgan lahzalar o‘tgan. Biz shunchaki davom etishimiz kerak, chunki juda ko‘p yaxshi ishlarni amalga oshiryapmiz. Ba’zida odamlar faqat yomon yoki salbiy tomonlarga qarashadi, ammo biz ba’zi narsalarni to‘g‘ri bajaryapmiz va har bir o‘yinda pozitiv bo‘lishga harakat qilyapmiz. Biz harakatni davom ettirishimiz va yanada yaxshiroq bo‘lishga intilishimiz kerak».

Kiritildi: 15:59, 21.09.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик