Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Xavi: "Messi bilan bir jamoada o‘ynash Maykl Jordan bilan o‘ynashdek edi"

Xavi: "Messi bilan bir jamoada o‘ynash Maykl Jordan bilan o‘ynashdek edi"

Baho:
+ | -

Xavi Ernandes Lionel Messining "Barselona"dagi ta’siri haqida gapirar ekan, argentinalik futbolchini basketbol afsonasi Maykl Jordanga qiyosladi.

The Prakhar Gupta Xperience loyihasiga bergan intervyusida sobiq yarim himoyachi Messi qiyin uchrashuvlarda "Barselona"ga hal qiluvchi ustunlik berganini ta’kidladi.

"Tarkibingizda Messi bo‘lishi Maykl Jordan bilan bir jamoada o‘ynashdek edi.

Jamoa 20 daqiqa davomida o‘yinini topa olmay qolsa, Leo oldinga chiqardi, golli vaziyat yaratardi yoki jarima zarbasidan gol urardi", — dedi Xavi.

U Messini "Barselona"ning "yashirin quroli" deb atab, uning mehnatsevarligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishini alohida ta’kidladi.

Xavi va Messi "Barselona"da 11 mavsum birga to‘p tepib, 4 marta Chempionlar ligasi va 7 marta La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 16:17, 21.09.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик