Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Granit Jaka vaksina sertifikatini soxtalashtirganini tan oldi

Granit Jaka vaksina sertifikatini soxtalashtirganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Sanderlend» va Shveysariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka 2022 yilda koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatini soxtalashtirganini tan oldi.

«O‘sha paytda men vaksina masalasida juda katta ishonchsizlikni his qilardim, qo‘rquv va ikkilanish meni qiynayotgan edi. Ana shu notinch ruhiy holatda savollarimga to‘g‘ri javob izlash o‘rniga vaksina sertifikatini sotib oldim. Bugun bu noto‘g‘ri qaror bo‘lganini aniq tushunib turibman. Bu xato edi. Bundan afsusdaman», deb yozdi Jaka ijtimoiy tarmoqlarda.

Futbolchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Kelasi hafta u Lyusern prokuraturasi tomonidan so‘roq qilinadi.

Shuningdek, Granit Jaka Shveysariya terma jamoasi tarkibidan chetlatildi va Millatlar ligasidagi yaqin to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, futbolchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik masalasi hal etiladi. Jakaga yirik miqdorda jarima, shuningdek, besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid qilishi mumkin.

Kiritildi: 17:30, 21.09.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик