Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Fransiya terma jamoasi qaydnomasida o‘zgarish bo‘ldi

Fransiya terma jamoasi qaydnomasida o‘zgarish bo‘ldi

Baho:
+ | -

RMC Sport xabariga ko‘ra, Magnes Akliush Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. U jarohat sabab yaqin oradagi yig‘inda ishtirok eta olmaydigan Varren Zair-Emerining o‘rnini egallaydi.

Zair-Emeri yakshanba kuni «Pari Sen-Jermen»ning «Marsel» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasida asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Ammo u sonning yaqinlashtiruvchi mushaklaridan jarohat olgani sabab Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Zinedin Zidanning ilk yig‘inini o‘tkazib yuboradi.

Akliush dastlab juma kuni e’lon qilingan Zidanning 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritilmagan edi. Endi esa u Klerfontendagi terma jamoa yig‘iniga qo‘shiladi.

«PSJ» hujumchisi ilk bor 2025 yil sentyabrida Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan. Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionati uchun shakllantirilgan tarkibdan ham joy olgan edi.

Kiritildi: 18:14, 21.09.2026.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик