Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Hakimiy Marokash terma jamoasi yig‘iniga qo‘shildi, ammo o‘ynay olmaydi

Hakimiy Marokash terma jamoasi yig‘iniga qo‘shildi, ammo o‘ynay olmaydi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Ashraf Hakimiy yaqinlashib kelayotgan tanaffusda Marokash terma jamoasi safiga qo‘shilishiga qaramay, milliy jamoaning navbatdagi uchrashuvida maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Bu haqda GOAL xabar berdi.

Hakimi o‘tgan hafta «PSJ»ning «Brest» ustidan qozongan g‘alabasi vaqtida o‘ng sonidan yengil jarohat olgan edi. Shu sabab u yakshanba kuni «Marsel»ga qarshi uchrashuvni (2:1) o‘tkazib yubordi. Klub avvalroq futbolchi davolanishi va qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tishini ma’lum qilgan edi.

«Biz uning tibbiy holatini aniqlash uchun Marokash terma jamoasi bilan aloqadamiz», dedi Luis Enrike va Hakimiy uchun milliy terma jamoa o‘yinlari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«PSJ» bosh murabbiyi, shuningdek, klub «hech qanday tavakkalchilikka bormasligi»ni va himoyachining imkon qadar yaxshi jismoniy holatda safga qaytishini istashini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 18:31, 21.09.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик