Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Superliga. "Qizilqum" Urganchda g‘alaba qozonib, 10-o‘ringa ko‘tarildi

Superliga. "Qizilqum" Urganchda g‘alaba qozonib, 10-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 22-turiga Urganchda yakun yasaldi.

"Xorazm" sport majmuasida o‘tgan bahsda "Qizilqum" mezbonlarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisob 30-daqiqada ochildi. Rafael Tavares gol urib, "Xorazm"ni oldinga olib chiqdi. Biroq 40-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi — 1:1.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar tashabbusni o‘z tomoniga og‘dirdi. 61-daqiqada "Xorazm" futbolchisi Ulug‘bek Hoshimov maydondan chetlatildi. Son jihatidan ustunlikka ega bo‘lgan "Qizilqum" 76-daqiqada Roman Papariga orqali hisobda oldinga chiqdi.

88-daqiqada Jambuli Jigauri navoiyliklarning uchinchi golini urdi va uchrashuvning yakuniy hisobini belgiladi — 1:3.

Shu tariqa, "Qizilqum" ochkolari sonini 29 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. "Xorazm" esa 21 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Superliga, 22-tur

"Xorazm" — "Qizilqum" — 1:3

Gollar: Rafael Tavares, 30 — 1:0; Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 40 — 1:1; Roman Papariga, 76 — 1:2; Jambuli Jigauri, 88 — 1:3.

Chetlatish: Ulug‘bek Hoshimov, 61.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:09, 21.09.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик