APL 5-turida "Aston Villa"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Tottenxem" futbolchilarini bir haftalik dam kutmoqda. Bu haqda The Telegraph jurnalisti Mett Lou xabar berdi.
Qizig‘i, bosh murabbiy Roberto De Dzerbi jamoa futbolchilarining jismoniy holatidan norozi bo‘lishiga qaramay, dam olish rejasini o‘zgartirmagan.
Gap shundaki, bir haftalik tanaffus "Tottenxem" turnir jadvalida 20-o‘ringa tushib ketishidan oldinroq rejalashtirilgan edi. Shu sababli De Dzerbi avvaldan belgilangan grafikka o‘zgartish kiritmagan.
Tanaffus milliy terma jamoalaridan chaqiruv olmagan "Tottenxem" futbolchilariga beriladi.
Joriy mavsumning o‘tgan qismida "Tottenxem" APLda atigi ikki ochko jamg‘ardi. "Fulxem" hisobida ham shuncha ochko bor. "Shporlar" mavsumdagi ilk golini faqat o‘tgan 5-turda urishga muvaffaq bo‘ldi.













