"Manchester Yunayted" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassini qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Manchester klubi 30 yoshli gvineyalik hujumchini kuzatmoqda. "Manchester Yunayted" skautlik bo‘limi Premyer-liga va yevrokuboklardagi zich taqvimni hisobga olgan holda, jamoaga qo‘shilishi bilanoq natija bera oladigan sermahsul forvard izlamoqda.
Girassi joriy mavsumda Dortmund klubi safida oltita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 32 million yevroni tashkil etadi.













