Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Klaudio Markizioning o‘g‘li "Yuventus" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi

Klaudio Markizioning o‘g‘li "Yuventus" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizioning o‘g‘li Davide Markizio "Yuve" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Davide 17 yoshda. U ham otasi singari markaziy yarim himoyachi pozisiyasida to‘p tepadi. Futbolchi "Yuventus"ning U-18 jamoasi safida to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Klaudio Markizio 2006 yildan 2018 yilga qadar "Yuventus" sharafini himoya qilgan. Faqat 2006/2007 yilgi mavsumda u "Empoli"da ijara asosida o‘ynagan.

Markizio "Yuventus" bilan yetti marta Italiya chempioni bo‘lgan, to‘rt marta mamlakat kubogi va ikki marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u jamoa bilan ikki bor Chempionlar ligasi finaliga qadar yetib borgan.

Kiritildi: 23:34, 21.09.2026.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик