Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Braziliya klublari legionerlar limitini qisqartirishni ma’qulladi

Braziliya klublari legionerlar limitini qisqartirishni ma’qulladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Braziliyaning ikki yuqori divizionida ishtirok etuvchi klublar dushanba kuni o‘tkazilgan ovoz berishda Braziliya futbol konfederasiyasining (CBF) o‘yin qaydnomasidagi xorijlik futbolchilar sonini qisqartirish bo‘yicha taklifini ma’qulladi. Bu haqda Globo xabar berdi.

Ayni paytda klublar bir uchrashuv qaydnomasiga 9 nafar xorijlik futbolchini kiritishi mumkin. 2027 yildan bu limit 8 nafarga tushiriladi, 2030 yilga kelib esa 5 nafargacha qisqartiriladi.

Taklifga faqat «Baiya» va «Flamengo» klublari qarshi ovoz bergan.

Shuningdek, yosh futbolchilarni tayyorlash va ularga ko‘proq imkoniyat berish maqsadida jamoalar qaydnomasi bo‘yicha qoidalarga ham o‘zgartirish kiritish ma’qullandi.

2027 yildan klublar chempionat uchun 50 nafargacha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Ularning kamida 20 nafari 23 yoshdan katta bo‘lmasligi shart. 2030 yilga borib esa bu ko‘rsatkichni 25 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Braziliya chempionati futbolchilarining o‘rtacha yoshi 28,5 ni tashkil etadi. CBF ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda yosh braziliyalik futbolchilar uchun imkoniyatlar kamayib bormoqda. Bu asosan ko‘proq tajribaga ega xorijlik o‘yinchilarning kelishi va ularning yosh futbolchilar o‘rniga ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: 04:33, 22.09.2026.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик