Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

La Liga rahbari «Real»ning hakamlik bo‘yicha shikoyatlariga javob berdi

La Liga rahbari «Real»ning hakamlik bo‘yicha shikoyatlariga javob berdi

Baho:
+3 | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Real»ning «Atletiko»ga qarshi yaqindagi derbidagi hakamlikdan noroziligiga munosabat bildirdi.

Uchrashuv yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va «Atletiko»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsda bir nechta hakamlik qarori katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Li Kan In Federiko Valverdening oyog‘ini qattiq bosib olgan epizodda maydondan chetlatilmadi. «Real» tomoni esa ikkinchi bo‘lim boshida Din Xyoysenga ko‘rsatilgan qizil kartochkadan ham norozi bo‘ldi.

«Real» hakamlarning qarorlari sabab mag‘lub bo‘lmadi. Xyoysen haqli ravishda maydondan chetlatildi. Bellingem bilan bog‘liq vaziyat qizil kartochkaga tortmasdi. Valverde ishtirokidagi epizodga kelsak, ha, bu yerda Li Kan Inga qizil kartochka ko‘rsatilishi mumkin edi. Agar u chetlatilganida, hech kim e’tiroz bildirmasdi.

«Real» klub telekanalining harakatlari esa hakamlarga bosim o‘tkazishning juda qattiq va adolatsiz usulidir», — deya Tebasning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, derbidagi barcha gollar 50-daqiqadan keyin, «Real» bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng urilgan.

Kiritildi: 04:41, 22.09.2026.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик