Mashhur angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker «Manchester Yunayted» klubi tuzilmasidagi inqiroz haqida fikr bildirdi.
Sobiq hujumchi 2024 yil boshida klub boshqaruvida faol ishtirok eta boshlagan hammulkdor Jim Retkliffni keskin tanqid qildi.
«Men «Manchester Yunayted»ga qarab, muammolar yuqoridan boshlanayotganini ko‘ryapman. Gleyzerlarni tabriklamoqchiman — ular o‘zlaridan ham yomonroq odamni topib, hamma aybni uning zimmasiga yuklash uchun klubga olib kelishdi.
Men Jim Retkliffni nazarda tutyapman. Menimcha, u unchalik yoqimli odam emas. Klubda hozir to‘liq tartibsizlik hukm surmoqda», — dedi Lineker The Rest Is Football podkastida.
«Manchester Yunayted» Premyer-ligada besh turdan keyin 5 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.













