Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Lans»ning 16 yoshli portugaliyalik hujumkor yarim himoyachisi Mezian Meslub bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, «MYU» Meslubni uzoq muddatli istiqbolli nishon deb hisoblaydi. Futbolchini, shuningdek, «Arsenal», «Chelsi», «PSJ» va «Monako» klublari ham kuzatib bormoqda.
Meslub o‘tgan mavsumdayoq asosiy jamoada debyut qilgan va Liga 1 dagi yagona o‘yinida gol urishga erishgan edi. Ushbu mavsumda Meslub «Lans» tarkibida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, Chempionlar ligasida bitta golli uzatma muallifiga aylandi.













