«Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Shvesiyalik futbolchining vakillari allaqachon «Milan», «Yuventus», «Al-Ahli» va «Al-Ittihod» klublari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
London klubi hozircha hujumchini sotishni rejalashtirmayapti. Biroq «Arsenal» yanvar oyida boshqa bir hujumchini o‘z safiga qo‘shib olsa, klubning pozisiyasi o‘zgarishi mumkin.
Dyokereshning o‘zi ham jamoasini almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunga uning «Arsenal»dagi hozirgi roli va o‘yin amaliyotidan norozi ekani sabab bo‘lmoqda.













