«Arsenal»ning Premyer-ligada «Nyukasl Yunayted» va «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvlari Buyuk Britaniyadagi televizion translyasiyalar munosabati bilan qayta belgilandi.
«Kanonirlar» 21 noyabr, shanba kuni «Sent-Jeyms Park»da «Nyukasl Yunayted» mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
«Arsenal»ning navbatdagi chempionat bahsi «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladi. «Emireyts» stadionidagi uchrashuv 29 noyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.
7 noyabr kuni «Hall Siti»ga qarshi uy uchrashuvi sanasi va vaqtida esa o‘zgarish bo‘lmadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
«Arsenal»ning noyabr oyidagi Premyer-liga taqvimi:
1 noyabr, 21:30 — «Liverpul» (safarda)
7 noyabr, 20:00 — «Hall Siti» (uyda)
21 noyabr, 22:30 — «Nyukasl Yunayted» (safarda)
29 noyabr, 21:30 — «Manchester Siti» (uyda)













