Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Bornmut» sobiq himoyachisi «Fulxem»da murabbiylik ishini boshladi

«Bornmut» sobiq himoyachisi «Fulxem»da murabbiylik ishini boshladi

Baho:
+ | -

«Bornmut»ning sobiq himoyachisi Charli Deniyels «Fulxem»ning 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

40 yoshli mutaxassis dushanba kuni ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. U seshanba kuni EFL Trophy musobaqasi doirasida «Lester Siti»ga qarshi safar uchrashuvida jamoani boshqaradi.

Deniyels «Fulxem»ning yosh futbolchilari bilan ishlashni va ularni katta futbolga tayyorlashda yordam berishni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.

U futbolchilik faoliyatini «Norvich Siti» va «Tottenxem» yoshlar tizimida boshlagan. Keyinchalik «Chesterfild», «Leyton Oriyent», «Jillingem», «Shrusberi», «Portsmut» va «Kolchester Yunayted» klublarida ham to‘p surgan.

Deniyels futbolchilik faoliyatining asosiy qismini «Bornmut»da o‘tkazdi. U klub safida 200 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi va 2014/15 yilgi mavsumda jamoaning o‘z tarixida ilk bor Premyer-ligaga chiqishiga hissa qo‘shdi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng Deniyels murabbiylikka o‘tdi va «Uotford»ning yoshlar tizimida ishladi. Keyinchalik u asosiy jamoa murabbiylar shtabiga qo‘shildi va o‘tgan mavsumda vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini ham bajardi.

Kiritildi: 08:38, 22.09.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик