«Liverpul»ning 35 yoshli himoyachisi Virjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishga yangi bosh murabbiy Xavi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng qaror qilganini aytdi.
«Bu juda muhim qaror edi. Menga ishonchni, shuningdek, hurmat va quvonchni his qilish kerak edi — men istagan barcha narsa shu edi.
Aynan shu tuyg‘ularni birinchi soniyadanoq his qildim. Shuning uchun uzoq suhbatga ham hojat qolmadi. Ammo muloqotimiz juda yaxshi o‘tdi.
U bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Keling, yaqin ikki yilni ajoyib o‘tkazaylik», — dedi van Deyk.













