Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Virsni "Bavariya"ga sotmagan bo‘lardim"

"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Virsni "Bavariya"ga sotmagan bo‘lardim"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Vladimir Shmiser Florian Virsning mersisaydliklar safini tark etishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Avvalo Virsning o‘zi qanday fikrda ekanini bilish muhim. U bu yerda baxtlimi yoki yo‘qmi, bilmayman, ammo hali ham o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilib, "Liverpul"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman.

U hali juda yosh va men uning klubda yana bir necha yil qolishini istardim. Hozirgi paytda uni na "Bavariya"ga, na boshqa biror klubga sotgan bo‘lardim", — dedi Shmiser Grosvenor Sport'ga.

Uning fikricha, Virsdan juda katta narsalar kutilayotgani muammo tug‘dirmoqda. Bunga futbolchi uchun to‘langan katta transfer summasi sabab bo‘lgan.

Shmiser bu holatni Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dagi vaziyati bilan taqqosladi.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" 2025 yilda Virsni 125 million yevroga sotib olgan edi.

Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:42, 22.09.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик