Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Lakrua Zidan qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulot haqida gapirdi

Lakrua Zidan qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulot haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Maksans Lakrua Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganidan keyin u bilan birga ishlashni «katta faxr» deb atadi.

Zidan dushanba kuni Klerfontenda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. «Ko‘klar» shu tariqa kuzgi UYEFA Millatlar ligasi o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi.

Fransiya terma jamoasi tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan Lakrua Zidanning kelgani mashg‘ulot paytida futbolchilarga qo‘shimcha bosim bergani haqidagi fikrlarga qo‘shilmadi.

«Hech qanday bosim yo‘q. U bilan bir maydonda bo‘lishning o‘zi katta faxr», — dedi himoyachi.

«Chelsi» futbolchisi, shuningdek, texnik mashqlar davomida futbolchilar Zidan bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lganini aytdi va jamoa ichidagi dastlabki suhbatlarni «juda yaxshi» deb baholadi.

Lakrua Fransiya terma jamoasidagi debyutini joriy yil boshida o‘tkazgan va shundan beri milliy jamoaga muntazam jalb qilinib kelmoqda.

Kiritildi: 13:02, 22.09.2026.
O'qildi: 258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик