Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

APL grandlari 10 million yevrolik niderlandiyalik futbolchini kuzatmoqda

APL grandlari 10 million yevrolik niderlandiyalik futbolchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Rotterdamning «Feyenoord» klubi yarim himoyachisi Jivay Zexiel faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli niderlandlik futbolchini Angliya Premyer-ligasining ikki top-klubi — «Chelsi» va «Arsenal» kuzatib bormoqda.

Transfermarkt portali Zexielning bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda. Uning «Feyenoord» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Joriy mavsum Niderlandiya chempionatida Jivay 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:09, 22.09.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик