«PSJ» va Rossiya terma jamoasi golkiperi Matvey Safonov Fransiya klubidagi chiqishlari Yevropaning rossiyalik futbolchilarga bo‘lgan qiziqishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqidagi savolga javob berdi.
– Sen hozirda Yevropada Rossiya darvozabonlik maktabining o‘ziga xos ko‘rgazmali ramzi hisoblanasan. Oxirgi paytlarda Agkasev, Adamov haqida mish-mishlar yuribdi. Bu borada zimmangda qandaydir qo‘shimcha mas’uliyatni his qilyapsanmi?
— Rossiya futbolidan amalga oshirgan transferimda, ehtimol, qandaydir missiya bo‘lgani haqida ilgari ham bir necha bor aytganman. O‘ylashimcha, buni munosib bajardim, balki hozirgacha bajarib kelmoqdaman — hamma narsaning imkoni borligini ko‘rsatish. «Krasnodar» akademiyasidan katta klublargacha, Chempionlar ligasigacha yetib borish mumkin», — dedi Safonov Rossiya terma jamoasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Safonov 2024 yilning yozida «Krasnodar»dan «PSJ»ga o‘tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda rossiyalik golkiper Liga 1 g‘olibiga aylandi va Chempionlar ligasida zafar quchdi.













